- Rukn: Sheʼrlar
- 362 marta ko‘rilgan
Qora ko‘zoynak (hazil)
Chiqib olib burunga
“Hunar”ingni boshlaysan:
Chor atrofni ko‘zimga
“Qora” qilib tashlaysan.
Qoralashdan nima naf,
Kuya surkab bariga?
Yaxshiyam, boramiz zap
Oq-qoraning farqiga.
Oynaksan. Shu fe’l bilan
Odam bo‘lsang, (o‘ksima)
Qorasini ko‘rsatmay
Qochar edi do‘sting ham.
Dilshod RAJAB