Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Alisher Navoiy hikmatlaridan

Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,

Emdikim ilm oʻldi, amal aylagil.

     ***

Befoyda soʻzni koʻp aytma,

Foydali soʻzni koʻp eshiturdin qaytma.

     * * *

Chin soʻzni yolgʻonga chulgʻama,

Chin ayta olur tilni yolgʻongʻa bulgʻama.

     * * *

Ki har ishniki qildi odamizod,

Tafakkur birla bildi odamizod.

     * * *

Gavhar-u durni quloq ozori bil,

Soʻzni quloqning duri shahvori bil.

     * * *

Kamol et kasbkim, olam uyidin,

Senga farz oʻlmagʻay gʻamnok chiqmoq.

     * * *

Kimniki inson desang, inson ermas,

Shaklda ham feʼlda yakson ermas.

     * * *

Maʼdani inson gavhari soʻz durur,

Gulshani odam samari soʻz durur.

     * * *

Nafʼing agar xalqqa beshak durur,

Balki, bu nafʼ oʻzingga koʻprak durur.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.