- Rukn: Sheʼrlar
- 342 marta ko‘rilgan
Ana javob
Ominaxon “R” harfin,
“Y” deb talaffuz qilar.
“R” deb aytgin desangiz,
Kulib turib “Y” deyar.
Iye-iye, Omina,
“R” deyishni bilmaydi.
“R” deyishni o‘rgangin,
“Y” deyishing bo‘lmaydi.
– “R”ni “R” deyman men ham,
Og‘zimda ham dilimda.
“R” deyishni bilmaslik,
Tishim bilan tilimda.
Keldibek Ma’mur,
Farg‘ona viloyati
Buvayda tumani 31-maktab,
nafaqadagi o‘qituvchi