Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sentyabr oyi

Nokning shoxi bukildi,

Olma duv-duv to‘kildi.

Anor kiygan nimchalar,

Chok-chokidan so‘kildi.

Kuz fasllar boyi bu,

Sentyabr oyi bu!

 

OKTYABR OYI

Yangi hilol tug‘ildi,

Hosil-xirmon yig‘ildi.

Ko‘kdan yerning yuziga

Qut-baraka yog‘ildi.

Yilning qaymoq-moyi bu,

Oktyabr oyi bu.

 

NOYABR OYI

Shamol shoshilib qoldi,

Bulut osilib qoldi.

Jazirama quyoshning,

Tafti bosilib qoldi.

Kuzning yetgan joyi bu,

Sho‘x noyabr oyi bu.

             

Zulxumor Abdurasulova,

Andijon viloyati Jalaquduq tumani,

nafaqadagi o‘qituvchi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.