Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Jonajon ustoz

Mahorat bobida hayotdek tengsiz

Ustozidan o‘zgan shogirdsiz, ustoz.

Hurmat qatorida barchangiz tengsiz,

Hech o‘zin o‘ylamas bedorsiz, Ustoz.

 

Do‘stsiz, tanqidchisiz, tirik kitobsiz,

Ma’rifatning isi ufurar sizdan.

Tunga tongni bergan saxiy oftobsiz,

Yulduzdek porlaylik biz ortingizdan.

 

Ta’rifda tillardan tushmas tashakkur,

Tuyg‘ular to‘foni tuzdilar tartib.

Ta’lim ta’miridan titroq tafakkur

Ta’zim qilar sizga tasanno aytib.

 

Mehribon, jonajon, aziz ustozlar,

Eslamaydi, demang, duolardasiz.

Siz-la faxrlanib yurganimizdek,

Loyiq bo‘laylik deb harakatdamiz.

 

 

Odina TO‘XTASINOVA,

O‘zDJTU 1-kurs talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.