Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Asrang dunyoni

Bolalarning mehri o‘zgacha,

Ko‘zidagi sehri o‘zgacha,

Qalbidagi zavqi o‘zgacha,

Ular uchun asrang dunyoni.

 

Baxti kulgan o‘zbek bolasi,

To‘lib-toshgan sho‘x shalolasi,

Qalbni o‘rtamasin nolasi,

Ular uchun asrang dunyoni.

 

Kelajakka ishonch-la boqar,

Vaqti kelib oq sutni oqlar.

Bir kun kelib dunyoni saqlar,

Ular uchun asrang dunyoni.

 

Shohida HAMROYEVA,

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi

33-maktab o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.