Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dilbandlarga

Duo qiling, ko‘zlarida nam bo‘lmasin,

Shodlik bering, murg‘ak dilda g‘am bo‘lmasin,

Mag‘rur yursin boshlari hech xam bo‘lmasin,

Quvnab yursin bu dunyoning bolalari!

 

Zamin gulzor, ular gul-u lolalari,

Hech bir inson eshitmasin nolalarin.

Onalarning qalbi, yurak poralari,

Chopqillashib yursin dunyo bolalari!

 

Bola kulsa – quyosh kular, olam kular,

Ezgulikni istagan har odam kular,

Bobom kular, momom kular, onam kular,

Bag‘ri butun bo‘lsin dunyo bolalarin!

 

Quvonchbek SALIMOV, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi

42-maktab o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.