- Rukn: Sheʼrlar
- 3306 marta ko‘rilgan
Bir nihol

Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.
Gul-u niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing vatan degan nom olsin, ey do‘st.
Erkin Vohidov,
Oʻzbekiston xalq shoiri