- Rukn: Sheʼrlar
- 807 marta ko‘rilgan
Toshkent darbozasi
Mening yurtim bugun endi
Jahon birlan tutashgandir,
Tutash taqdir, tutash ruhdir,
Tutash jondir, tutash qondir.
Nedir xat porlaguvchi
Poyitaxt darbozasi uzra,
Bu yurtga xush kelibsiz,
Marhabo, “Welcome to Tashkent”dir.
Erkin Vohidov,
Oʻzbekiston xalq shoiri