Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Baxtli avlod

Dunyoning bor baxt-quvonchi

Bizlar uchun.

Vatanini sevgan o‘g‘il-

Qizlar uchun.

Boshimizdan nurin sochar

Oftob, oylar,

Suv yetkazib, toshib kelar

Daryo, soylar.

 

Bobo tog‘lar, momo bog‘lar

Suyar bizni,

Keng dalalar bag‘rin ochib,

Kutar bizni.

Kengliklarda  sho‘x shamolday

Yelajakmiz.

Suyuk elga bizlar buyuk

Kelajakmiz.

Barnoxon RAJABOVA

sheʼri

 

Gʻayratjon MUHAMMADOV

musiqasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.