- Rukn: Sheʼrlar
- 576 marta ko‘rilgan
Ro‘zimurod Bolqiyev sheʼrlari
ECHKI SUZDI
Hoy, do‘stim Turdi,
Seni kim urdi?
– Urmadi hech kim,
Suzdi-da, echkim.
***
QISQA JAVOB
Isming nima?
– Sherali.
– Tiling buncha
Shirali?
– Ko‘p bo‘lmadi,
Bo‘ldi sal.
Yegan edim
Men asal.
Shundandir
Tilim shirin.
Aytib qo‘ydim-a,
Sirim.
***
TOʻLAGANNING ORZUSI
Yosh bo‘lsam-da, niyat ko‘p –
Qiziqdim koinotga.
Xayolan safar qilgum,
Men minib temir otga.
Sayyoralar kezaman,
Mars, Neptunda bo‘laman.
Yangi sayyora izlab,
Topguvchi men – To‘lagan.
***
VERTOLYOTGA NASIHAT
Varragingni aylantirib,
Ketib qolma.
Ketib qolib, o‘zga joyda
Yetim qolma.
Ro‘zimurod BOLQIYEV,
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani 10-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi