- Rukn: Sheʼrlar
- 370 marta ko‘rilgan
Beqiyos meros
Millat saodatin ramzi, surati,
Erkparvar ajdodlar nidosidir gerb.
Xalqning or-u shoni, Vatan qudrati,
Musofirlar dardin davosidir gerb.
Qalbga muhr solgan iqbol, meros u,
Yuksak qadriyat u, faxr-u e’zoz u.
Mo‘l-ko‘l rizq-nasiba unda bo‘lgan jo,
Humo – el duosi – boqiylikka zeb.
Va oqil rahnamo timsoli – Humo
Hatto jon bermoqqa shay xalq kori deb...
Kelajakka da’vat, yo‘l beqiyos u,
Dillardan tillarga ko‘chgan bayoz u.
Ma’naviyat nadir, chin yashash nadir?
Millatning g‘amini ko‘rmoqlik baham!
Vatanni sevmoq ham ilmdir bokir,
Vatandan boshlangay ma’naviyat ham.
Gerbim ham mehrimga noil, pardoz u,
Men uchun kuz-u qish, bahor-u yoz u!
Suhrob Hamroyev