- Rukn: Sheʼrlar
- 1466 marta ko‘rilgan
Bobolardan qolgan yurt
Yurtim
Tanti, bobodehqon yurt,
Har uyda baraka, qut.
Bunday diyor qayda bor?
Tuprog‘in ko‘zingga surt.
Tog‘-u toshi azizdir,
Oy quyoshi azizdir.
Kelajakka ko‘z tikkan,
Mag‘rur boshi azizdir.
Tangrim nazar solgan yurt,
Baxt hadisin olgan yurt.
G‘ururimiz, shonimiz,
Bobolardan qolgan yurt.
Nozimaning mushugi
Ovqat qilay deb Nozi,
Muzlatkichni la-a-ng ochdi.
Jiringladi “Ayfon”i,
Xayolin olib qochdi.
Hol so‘rab o‘rtog‘idan,
Uch-to‘rt og‘iz gap sotdi.
Go‘shtni oldirib Moshga
Tarashaday tosh qotdi.
Tomga chiqib Mosh chaqqon,
Go‘shtni paqqos tushirdi.
Qurib ketgur, “ovqat”ni,
Olov yoqmay pishirdi.
Abdurazzoq Yusuf