- Rukn: Sheʼrlar
- 708 marta ko‘rilgan
Bog‘bonim
Orzular tuganmas pok yuragimda,
Ollohim madadkor har bir onimda!
Orzular ro‘yobin ko‘rmoqlik uchun,
Bo‘lsin ota-onam doim yonimda!
Ota-yu onamdir mening boyligim,
Har qanday holimda hotamtoyligim.
Mehribon, bebaho, jondan azizlar,
Sizlar tufaylidir dunyom, borligim.
Mehringiz taftida yuribman yashab,
Bu ko‘hna dunyoda quvonchga to‘lib.
Umrim gulzorining bog‘bonlarisiz,
Baxtim – tug‘ilganim qizingiz bo‘lib!
Shahzoda Rahmonova,
Guliston Davlat universiteti
2-bosqich talabasi