Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qushlar – do‘stimiz

Ayvonimda in qurib,

Musicha tuxum qo‘ydi.

Bundan sevinib buvim,

Qut-barakaga yo‘ydi.

 

Qarab-qarab qo‘yaman,

Xabar olib turaman.

Polopon ochib chiqsa,

Men ham uni suyaman.

 

Qushlar bizning  do‘stimiz,

Biz ularga mehribon.

Cho‘chitmaymiz ularni –

Doim bo‘lishsin omon.

 

Shalola Vohidova,

Andijon viloyati Baliqchi tumani

3-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.