- Rukn: Sheʼrlar
- 1003 marta ko‘rilgan
Ruchkaga
Nega yozmaysan, ruchka,
Qoldingmi yoki kuchdan.
Masalani yechmasam,
Quruq qolaman “besh”dan.
Tixirlik qilaversang,
Jazoingni olasan.
Maktabga ketgan chog‘im,
Uyda yolg‘iz qolasan.
Senga o‘rtoq bo‘lmayman,
Qo‘limga ham olmayman.
Dangasa bo‘lgan ruchka
Chiqadi-da chiqitga.
Ulug‘bek Qosimov,
Toshkent shahar Yashnobod tumani 152-maktab 5-sinf