- Rukn: Sheʼrlar
- 771 marta ko‘rilgan
Manzara
Deraza ortida yana shabada,
Shivir-shivirlab u mayin esmoqda.
Qarang, buncha tarovatli manzara,
Qalbimga jilmayib bahor kelmoqda.
Tabiat uyg‘onmoqda, soylar oqmoqda,
Maydalab, zarralab yomg‘ir yog‘moqda.
Osmondagi qushlar sho‘xchan uchmoqda,
Qalbimga jilmayib bahor kelmoqda.
Daraxtlar kurtak otib, go‘zal gulladi,
Shamol biz tomonga yelib bo‘yladi.
Ko‘klam ko‘ngillarga ilhom beradi,
Qalbimga jilmayib bahor kelmoqda.
Mubina Rixsiboyeva,
Toshkent shahar Shayxontohur tumani
157-maktab 8-sinf