- Rukn: Sheʼrlar
- 1053 marta ko‘rilgan
Chumoli
Shoshilmasdan chumoli
Asta – asta qimirlab,
Butun boshli boshoqni
Sudrab borar g‘imirlab.
Bir zumga dam olmaydi,
To‘xtamaydi yo‘lida.
Qishning g‘amini yeydi,
Yozning saratonida.
Oysha RAHMATULLAYEVA,
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani
53-maktab 3-sinf