- Rukn: Sheʼrlar
- 482 marta ko‘rilgan
Chumoli va chigirtka
Chumolini Chigirtka
Taklif qildi o‘yinga.
Chumoli der: – Yumush ko‘p,
Do‘stim, bu gal qo‘ying-a.
– Yuring, jo‘ra, kuylaylik,–
Keldi yana peshinda.
– O‘rtoq, qishni o‘ylaylik,
Xalal bermang ishimga.
Subhidam kelgan vaqtda,
Oy ohista botardi,
Chumolivoy uvatda
Xurrak otib yotardi.
Xudoyberdi KOMILOV