- Rukn: Sheʼrlar
- 407 marta ko‘rilgan
Hasharchiga mukofot
Kecha echkim bog‘imda
Ishni boplab qo‘yibdi.
Daraxtlarni yo‘g‘imda,
Oppoq “oqlab qo‘yibdi”.
Shamol o‘tdi ichimdan,
Yurakkinam to‘kildi.
O‘ch olaymi echkimdan,
Barmoqlarim bukildi...
Bu o‘zimning xatoyim,
Gunoh yo‘qdir echkimda.
O‘zingdan o‘tsa doim,
Aytolmaysan hech kimga.
Endi, bo‘lar ish bo‘lgan,
G‘amga botib yurmayman.
O‘zimni oqlamayman,
Echkimniyam urmayman.
Yaxshisi, sovg‘a bilan,
“Taqdirlayman” men uni.
Yangilayman bir yo‘la,
Qoziq, no‘xta, ipini.
Xudoyberdi KOMILOV