Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Do‘ppi kiygan mix

Bolg‘acha ushlab Salim

Mix qoqar koyitib jon.

— Nima qilyapsan, o‘g‘lim?

 So‘rar onasi hayron.

 

— Oyijonim, mix bilan

O‘ynaymiz bekinmachoq.

Hech kim topolmasin deb

Yashirdim uni shu choq.

 

Faqatgina do‘ppisi

Ko‘rinib qoldi, netay?

— Yo‘qolib qolmayin deb

Do‘ppi kiygan u atay.

 

Muhabbat SHUKURULLAYEVA,

O‘zDJTU talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.