- Rukn: Sheʼrlar
- 641 marta ko‘rilgan
Lolalar ichida go‘zalsiz onam
Husningiz oldida yulduzlar hayron,
Bitmoqqa dilrabo g‘azalsiz, onam.
Yorug‘ yuzingizdan kunduzlar hayron.
Lolalar ichida go‘zalsiz, onam!
Quyoshdan-da porloq nurli yuzingiz,
Aslo namlanmasin tiyrak ko‘zingiz.
Ming dardga davodir har bir so‘zingiz,
Lolalar ichida go‘zalsiz, onam!
Hech ta’na qilmaysiz, qilmaysiz minnat,
Yonimda bo‘lsangiz tark etmas omad.
Siz men uchun misli chinakam zumrad,
Lolalar ichida go‘zalsiz, onam!
Muhammad Diyor SHAVKATJONOV,
Farg‘ona politexnika instituti talabasi