Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vatan

Yuragimning huzuri,

Dilimga orom – Vatan,

Sho‘xliklarimning uzri,

Beg‘uborligim – Vatan.

 

Sensan qalbimga malham,

Ma’yusligim oluvchi.

Shodliklarga burkanib,

Dilga quvonch soluvchi.

 

Bayrog‘ingni ko‘klarga,

Ko‘tarayin men o‘zim,

Xizmatingga shaydirman

Yurakdagi chin so‘zim.

 

Ona Vatan, tuprog‘ing,

Asragum ko‘zga surtib,

Tog‘dek g‘urur va sha’ning,

Yelkamga bardam ortib.

 

Yuragimning huzuri,

Dilimga orom – Vatan...

 

Mahzuna HABIBOVA,

Guliston davlat universiteti talabasi

 

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.