- Rukn: Sheʼrlar
- 1932 marta ko‘rilgan
Doʻst
Ba’zan ko‘zlar bo‘lganida nam,
Ma’yuslikni aritar shu dam,
Ko‘ngillarga bo‘lguchi malham,
Sodiq do‘stlar misoli qalqon,
Ular bilan olam charog‘on.
Or-nomusi metindek, mag‘rur,
Hamrohidir mardlik va g‘urur,
Yigit shunday bo‘lmog‘i zarur,
Sodiq do‘stlar misoli qalqon,
Ular bilan olam charog‘on.
Hayotingda mayoqdek porlar,
Olis bo‘lsa, diydori chorlar,
Omon bo‘lsin chin do‘st-u yorlar,
Sodiq do‘stlar misoli qalqon,
Ular bilan olam charog‘on.
Azizbek Ro‘zimboyev,
Xorazm viloyati Shovot tumani
24-maktab 9-sinf