- Rukn: Sheʼrlar
- 483 marta ko‘rilgan
Gul
Urugʻdan chiqdim mitti,
Yayrab-yashnadim chunki –
Quchib olgan yaproqlar,
Havas qilar oʻtloqlar!
Shiramga kelar ari,
Shiraxoʻrlarning bari.
Gullarga toʻla yerlar,
Meni atirgul derlar.
Nega meni uzasiz
Koʻz yoshimni toʻkasiz?
Olasiz-u hidlaysiz,
Keyin yerga tashlaysiz...
Eng yaxshisi, rang-barang,
Bizdan guldasta yasang.
Ibrohim Qodirjonov,
Toshkent shahar 22-maktab 9-sinf