- Rukn: Sheʼrlar
- 510 marta ko‘rilgan
Koptok
Yerdan koʻkka sakraydi koptok,
Tinim bilmay, oʻynaydi koptok.
Goh shapati, tepki yesa ham,
Quvonch bilan irgʻishlar koptok.
Bolalardan kechmaydi koptok,
“Oʻz ishim”, deb tolmaydi koptok.
Koʻchamizni shodon kulguga,
Toʻldiradi, tinmaydi koptok.
Shohjahon Abduhamidov,
Fargʻona viloyati Quva tumani
51-maktab 5-sinf