- Rukn: Sheʼrlar
- 452 marta ko‘rilgan
Sokin tun
Yana boshlanmoqda hayratomuz tun.
Uxlar zamin, uxlar butun koinot.
Lek uxlamay esar shabboda mayin,
Darbadar kezadi tarqoq xayolot.
Samoda miltirab turar yulduzlar,
Bizlarni kuzatar ular hoynahoy.
Aslo tinim bilmay kecha-kunduzlar,
Shildirab oqadi qishloqlarda soy.
Uzoq-uzoqlarda miltirar chiroq,
Chigirtka chirillar ahyon-ahyonda.
Goʻyo dardin kuylar yiroqdan yiroq,
Maysalar shivirlab qoʻyar har yonda.
Falakda termulib turgan toʻlin oy,
Jumlayi jahonga nurin sochadi.
Oy shuʼlasi tushgan barcha-barcha joy
Yal-yal yonib, bahri diling ochadi.
Quvonchbek Baratov,
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani 46-maktab 10-sinf