- Rukn: Sheʼrlar
- 1311 marta ko‘rilgan
Hikmat
Kimdir savol berdi: – Aytgil Muhammad,
Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt,
Ota-onamgami yoxud bolamga?
Rasul javob qildi: – Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar,
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq –
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.
Abdulla Oripov