- Rukn: Sheʼrlar
- 732 marta ko‘rilgan
Himoya
Yurt tuyg‘usi aslida
Yuraklarda yashaydi.
Osmoni tinch, osuda
Tilaklarda yashaydi.
Qizmi yoki o‘g‘lonmi,
Vaqtida tarbiyalang.
El-yurt berar bahoni,
Tarbiya ham ulug‘ jang...
Riyokorlik, yolg‘ondan
Himoyalang bolani.
Quruq ketmang jahondan,
Yaxshidan bog‘ qoladi.
Har bir uyda, maktabda
Bo‘lsin go‘zal himoya.
Saboq olsin kitobdan,
Beparvolik – jinoyat...
Ilm – inson bahosi –
Ajdodlardan meros zar.
El-u yurtning dahosi,
Bolalikdan boshlanar!
Sobir Jabbor