- Rukn: Sheʼrlar
- 508 marta ko‘rilgan
Jonajon maktab
Salom, jonajon maktab,
Tabarruk makon maktab.
Ilm nurini sochgan,
Bir oftobimsan, maktab!
Chorlading sen, bag‘ringga,
Keldik bilim bog‘ingga.
Munis ona misoli,
Mehribonimsan, maktab!
Bu maskanda qiz, o‘g‘lon,
Qalbi bo‘lar nurafshon.
Olib bilim, tarbiya,
Ma’rifatga kon, maktab!
Nur taratgan shamsimon,
Fan bog‘ida zo‘r bog‘bon.
Parvarishlar ustozlar,
Biz bunda nihol, maktab!
Qancha buyuk insonlar,
Allomayi jahonlar.
Senda ta’lim olishgan,
Sen – nurli bo‘ston, maktab!
Eshniyoz Burhonov,
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi
tumani 4-maktab o‘qituvchisi,
Xalq ta’limi a’lochisi