- Rukn: Sheʼrlar
- 483 marta ko‘rilgan
O‘zbegim do‘ppisi
Faxrlidir o‘zbek do‘ppisi,
Turi bisyor, turi xilma-xil.
Ajabtovur bu mo‘jizani,
Yaratadi faqat chevar qo‘l.
Kiydiramiz yangi do‘ppini,
Hosil bayramida dehqonga.
To‘ylarimiz o‘tmagay usiz,
Ulashamiz mehmon, mezbonga.
Marg‘ilon, Chust, Boysun do‘ppisi,
Yurtimizda hamma suyadi.
Xorijlikka kiydirsak uni,
Shu millatga mehr tuyadi.
Go‘zal ekan bosh sarpo bilan
Xalqimizning nomusi, ori.
Do‘ppi kiygan o‘zbek farzandi
Keng ochunda millat g‘ururi.
Xurram RAIMOV