Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Men baxtiyor bolaman

Yosh bolaman bugun men,

Chopib-chopib o‘ynayman.

Nurga burkab xayolim,

O‘ynab sira to‘ymayman.

Yangi O‘zbekistonning

Kichkina mevasiman.

Ota-onam dilbandi,

Bobom nabirasiman.

Hozircha o‘ynab turay

Zavqa to‘lib o‘rtada.

Bugunning hissasini

Chiqaraman ertaga.

Vaqti kelib Vatanning,

Bo‘laman zo‘r posboni.

Charaqlab tursin uchun,

Doim yurtim osmoni.

Xurram RAIMOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.