- Rukn: Sheʼrlar
- 513 marta ko‘rilgan
Shamol
Yaproqlarda shamol o‘ynar,
Suv mavjida o‘ynar shamol.
Sarin shamol nima so‘ylar,
Yuragida qanday xayol?
Derazamni chertadi u,
Tiqirlatar eshigimni,
Orom bilmas, bilmas uyqu,
Uyg‘otadi kelib meni.
Sochlarimga qo‘nar shamol,
Shamol qo‘nar ko‘zlarimga.
Qo‘shiq, ertak aytib xushhol
So‘ngra qaytar izlariga.
Xayr shamol, xayr shamol,
O‘ynab-o‘ynab kelgin yana.
Menga atab bir qo‘shiq ol,
Ola kelgin bir afsona.
Rauf PARFI
O‘zbekiston xalq shoiri