- Rukn: Sheʼrlar
- 780 marta ko‘rilgan
Kamalak
Ayni kunning yarmida,
Yomg‘ir yog‘di to‘satdan.
Tabiat ham ajoyib,
Mo‘jizasin ko‘rsatgan.
Yashnab ketdi dala, bog‘,
Shitir-shitir ovozdan.
Hasharotlar hayratda,
Qush to‘xtadi parvozdan.
Yomg‘ir tindi birpasda,
Quyosh oldi o‘z joyin.
Osmon birdan tovlanib,
Ko‘z-ko‘z qildi chiroyin.
Yetti xilda kamalak
Samo uzra jilmaydi.
Yuvildi chang, g‘uborlar,
Shamol to‘zon qilmaydi.
Jilosini sevaman,
Porlab tursa kamalak.
Yomg‘ir yog‘sa yo‘liga,
Bo‘laman-da men halak.
Niginabonu Amirova,
Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati 8-sinf