Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2023-yil 10-son

  • Ona tilim

    Men bulbulman – o‘z tilida sayrab turgan,

    Men duldulman – o‘z yerida yayrab yurgan.

    Menga kelsin, mening o‘zbek tilim uchun –

    O‘zin dag‘al tillarini qayrab yurgan.

     

    Qani aytsin, qaysi tildan kamdir tilim,

    Mening uchun iftixor ham sha’ndir tilim.

    Temuriyman – turkiylarning bosh bo‘g‘ini,

    Senda olam fasohati jamdir

    ...
  • Kelajak me’morlari

    (1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni)

    Har yili yurtimizda O‘qituvchi va murabbiylar kunini katta bayram qilamiz. Guldastalar olib ustozlarimizni tabriklashga oshiqamiz.

    Bu yil ham Prezidentimiz Farmoni bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan yuzdan ortiq o‘qituvchi va murabbiylar faxriy unvon, orden va medallar

    ...
  • Oppoq bulutlar

    O‘zbekiston xalq yozuvchisiTemur Polatovasarlarini nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyoti ixlosmandlari  ham sevib o‘qiydi. Mashhur rus tanqidchilaridan biri adibning “G‘oyibning ikkinchi safari” asari haqida gapirar ekan: “Ernest Hemingueyning choli tirikchilik yo‘lida ovga chiqqan. Temur Po‘latovning choli esa

    ...
  • Evril Turonning “Oynur” asari

    Go‘zal kunlar ke­li­shi­ni kutma, unga tomon borishni unutma.

    ***

    Qilich o‘z-o‘zidan qi­lich bo‘lmaydi. Ustaning qo‘­lida, bolg‘ada, o‘tda pi­sha­di.

     ***

    Odam Vatanidan ay­ril­­ganida, olisda, o‘z­ga yurt­da yurganida, gar­chi u erkin dunyo bo‘l­sa ham, yu­ragida mudrayotgan mu­qaddas

    ...
  • So‘zlar cho‘ntakka sig‘masa

    Lisonbek bugun xo‘rozdan oldin uyg‘ondi. Rejalashtirgan ishlari ko‘p: bankka, universitetga, bozorga borishi kerak. Sochini eng so‘nggi yevropacha usulda orqaga qilib taradi, gulli ko‘ylagini kiydi. Hozir aksariyat yosh­lar shunday kiyinayotgani, erkak-u ayolning libosini farqlab bo‘lmay qolgani haqida o‘yladi ichida. Eshik yoniga keldi, ostonada uni eng mashaqqatli ish kutib turibdi.

    ...
  • So‘z o‘yini

    (turkum)

    Kalla degani aql, fikr, o‘y ini,

    Charxlab bersin deya har kim fikr-o‘yini,

    Ona tilim bog‘idan men ham gul terdim:

    Bolajonlarga bir dasta so‘z o‘yini...

    ***

    BU QAYSI FASL?

    Birpasda sochlarim ketdi oqarib,

    Bobomdek qoldimmi men ham , o,

    ...
  • Ona tilim

    Ona tilim, jonim ichra shirin jonim,

    Yetmish ikki tomirimda oqqan qonim,

    O‘zing orim, o‘zing borim, pok iymonim,

    Iymonimda ildiz otgan azim daraxt.

     

    Navoiyni turk nazmida sulton etgan,

    Ulug‘bekni olim ham toj osmon etgan,

    Hindda Bobur armonini doston etgan,

    Armonimda ildiz otgan azim

    ...
  • Qulf va kalit

    Bir kun kalit maqtanib,

    So‘z otdi qulfga qarab:

    – Men bo‘lmasam o‘rtanib,

    Yotarding yerda zanglab. 

     

    Kalit so‘zin qulf tinglab,          

    Javob berdi tezgina:

    – Ko‘p maqtanmay ol anglab,

    Mensiz sen ham hech nima. 

     

    Shuning uchun sen

    ...
  • Allomaning kashf etilishi

    (tarixiy hikoya)

    Vaqt peshindan og‘gan, madrasada talabalar suhbati qaynaydi. Biri fiqhdan munozara etsa, biri riyozatdan misol keltiradi. Barchasi bu hayot qonunlarini ikki nuqtayi nazardan – dunyoviy va diniy jihatdan tadqiq etishga harakat qiladi. Talabalar ichida bu munozarani jim tinglayotgan mulla Mahmud ularning suhbat va bahsiga xayolan javob izlaydi.

    ...
  • Aql zakovat – bebaho ne’mat

    Maqsad – mehnatsevar, o‘z ustida ish­laydigan, bilimlilarning do‘sti. U vaqtdan unumli foydalanishga undaydi. Maqsadimiz bo‘lsa, hayotda yo‘limizni topishga qiynal­maymiz.

    Mohinur Nasimova ana shunday yosh­lardan. U Toshkent shahridagi 294-maktabning 11-sinfida o‘qiydi. Kelajakda turizm bo‘yi­cha mutaxassis bo‘lib, yurtimizda soha rivoj­lanishiga o‘z hissasini

    ...
  • Istiora

    Meni nimaligim, qandayligim bilan qiziqyapsizlarmi?  Men ISTIORAMAN. Qa­dim zamonlarda ibtidoiy odam hayotini yashash uchun kurashdan boshlagan. Ushbu yo‘lda birinchi qadamlar qo‘ygan. U asta-sekin olov yoqishga, ekin ekishga, uy qurishga moslashgan va mehnati davomida uning tili, nutqi rivojlanavergan. U tabiatdagi  o‘zgarishlarni o‘zining xatti-harakatlari bilan solishtirib

    ...
  • Sifatlash

    Qadim-qadim zamonda insonlar odam­larni, jonivorlar, narsalarni biror nom bilan ataganlarida goh mimika, goh so‘zda harakatni ko‘rsatganlar. Tasavvur qiling-chi, hozir ham so‘zlashuvda va adabiyotda sifat bo‘lmasa fikringizni to‘la ifodalab bera olarmidingiz? Yo‘q, albatta. O‘zingizni qanday his qilishingizni, ya’ni his-tuyg‘ularingizni bildirish qiyin bo‘lardi. Ya’ni, siz aytmoqchi

    ...
  • Onajon tilim

    Ona tilim, ko‘nglim bulbuli,

    Moziylardan jaranglab kelgan.

    Gohi shodon, gohi qayg‘uli

    Qo‘shiq bo‘lib yurakka singgan.

     

    Har millatning  o‘z  tili bordir

    Eshitganda  dil yayraguchi.

    Har insonning o‘z qo‘shig‘i bor

    Bulbuldayin navo qilguvchi.

     

    Ona tilim, Onajon tilim,

    Men-ku hali

    ...
  • Kapalak

    Guldan gulga qo‘nasan,

    Guldan bahra olasan,

    Mo‘jizasan, go‘zalsan,

    Ajib, nozik  kapalak.

     

    Bir kun yashab dunyoda,

    Tinim bilmay gulzorda,

    Yo topdingmi chamandan

    Izlaganing, kapalak?

     

    Atirgul yaprog‘idek

    Qanotlaring, kapalak.

    Ikkimiz do‘st bo‘laylik –

    Yo‘llaringga men

    ...
  • Bobom va buvim

    Bobom nasihatidan

    Dil uyim bo‘lar obod.

    Duolari yo‘limni

    Ravon etar umrbod.

     

    Buvimning har qadami

    Bizlar uchun chin ibrat,

    “Odobli, chaqqon bo‘ling”,

    Deya qilar nasihat.

     

    Aziz nuroniylarning

    Omon bo‘lsin boshlari,

    Asrlar yuzin ko‘rib,

    Yuzdan oshsin

    ...
  • Maktab madhiyasi

    Bilimlar maskani o‘zingsan maktab,

    Iftixor, g‘urur-la o‘yga tolaman.

    Seni muqaddas deb, quvonib maqtab,

    Madhingni mehr-la kuyga solaman.

     

    Madhiya maktabning bezagi, ko‘rki,

    Tarif etadurman ulug‘ nomingni.

    Maktabim, biz uchun ustozsan bilki,

    Bizlarga baxsh etding ilm-u boringni.

     

    Noming buyuk hamda

    ...
  • Qishlog‘imda

    To‘rt tomoning chamanzor,

    Taralgaydir xush ifor,

    Mehmondo‘st — ona diyor,

    Baxtimizsan, Baxmalim.

     

    Qizil olmali bog‘ing,

    Shirin bug‘doy boshog‘ing,

    Biram issiq quchog‘ing,

    Baxtimizsan, Baxmalim.

     

    Odamlaring samimiy,

    Mehnatkash va mehrli,

    Jannatmakon, sehrli —

    Baxtimizsan,

    ...
  • Arifmetika

    Arifmetika oroli,

    Ustozimdir qiroli.

    Yechamiz turli misol,

    Bunda to‘rtta amal bor.

     

    Bular – qo‘shish, ayirish

    Va ko‘paytirish, bo‘lish.

    Bo‘lsin desang omad yor,

    Eslab qolishing darkor.

     

    Malika BEKMAMATOVA,

    Xorazm viloyati Shovot tumani

    24-maktab 6-sinf o‘quvchisi

  • Kamalak

    Ayni kunning yarmida,

    Yomg‘ir yog‘di to‘satdan.

    Tabiat ham ajoyib,

    Mo‘jizasin ko‘rsatgan.

     

    Yashnab ketdi dala, bog‘,

    Shitir-shitir ovozdan.

    Hasharotlar hayratda,

    Qush to‘xtadi parvozdan.

     

    Yomg‘ir tindi birpasda,

    Quyosh oldi o‘z joyin.

    Osmon birdan tovlanib,

    Ko‘z-ko‘z qildi

    ...
  • Bodring

    Po‘stim yashil, g‘adir-budur,

    Mening borim shudir, uzr

    Lekin men kerakliman,

    Tuzlab ko‘r, mazaliman.

    Salatda yaxshi bari,

    Minnatdor yosh-u qari.

    Sen ham menga rahmat de,

    Ovqatingga qo‘shib ye!

     

    Ibrohimjon QODIRJONOV,

    Toshkent shahri Olmazor tumani 22-maktab 10-sinf

  • Dunyoni gullarga burkagan bola

    O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosiShukrullo Abdullayev 1953-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uzoq yillar telejurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Ayni paytda nafaqada bo‘lgan adib badiiy ijod bilan muntazam shug‘ullanmoqda.“Tong yulduzi”, “Gulxan”, “Guncha”kabi

    ...
  • Kamalakning kamoloti

    Inson yaralibdiki, o‘zi yashayotgan jamiyat bilan hamohang umr kechiradi, uning bir bo‘lagi sifatida unga singib ketadi. Shunday ekan, shaxsiy hayotidan tashqari jamiyatdagi yangiliklar, muammolar va yutuqlar haqida bosh qotirish har bir insonning vazifasi. Ushbu vazifani a’lo darajada bajarganlarni esaijtimoiy faol kishilar deymiz. Bugun talaba

    ...
  • Tik Tok nega yaratilgan?

    Telefoningizda TikTok das­turi bor-a? Mobil qurilmalari mav­jud bolalarning deyarli barchasi bu platformadan foydalanishi aniq. Chunki unda sizni zeriktirmaydigan musiqiy videoroliklar bor. O‘zingiz ham tarmoqda videolaringizni ulashib turasiz. Bu dasturda hattoki vaqtingiz qanday o‘tganini ham sezmay qolasiz. To‘g‘rimi? Keling, bu haqida siz bilishingiz zarur bo‘lgan ba’zi

    ...
  • Daryo va jilg‘a

    Uch kun  qattiq yomg‘ir yog‘ib, jilg‘a  paydo bo‘libdi. U loyqa, xashak va chirigan shox-shabbalar bilan  ko‘pirib oqib kelar ekan, to‘satdan daryoga duch kelibdi. Daryo unga “Kel, menga qo‘shil, ikkalamiz katta  kuch bo‘lib  odamlarga elektr energiya  hosil qilamiz, ekin maydonlarini sug‘oramiz”, – debdi. Shunda jilg‘a: “Yo‘q,  men erkinlikni, o‘zim alohida

    ...
  • Tark etmas taassurotlar

    Fasllar bir-birini quvalab, oltin kuzning ikkinchi oyi ham eshik qoqdi.  Garchi, uch oylik ta’til ortda qolgan bo‘lsa-da, uning tafti ayrim tengdoshlaringizni haligacha tark etmagan. Bir yoshga ulg‘aygan, ruhiyatida taloto‘p boshlangan 8-sinf o‘g‘il-qizlarining ta’til taassurotlarini siz bilan o‘rtoqlashgimiz keldi. Keling, ularning qalb hayqiriqlariga quloq

    ...
  • Ulug‘lar hikmati

    Ustoz – muallimsiz  qolganda  zamon,

    Nodonlikdan   qaro  bo‘lardi  zamon.

    Abdurahmon  JOMIY

    ***

    Har bir millatning dunyodagi borligini ko‘rsatadigan oynai hayoti til va adabiyotdur. Milly tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdir.

     

    Abdulla

    ...
  • Yetti xazina

    – Buvijon, yetti xazina nima degani? – deb so‘radi kunlarning birida maktabdan qayt­gan Azizbek buvisidan. – O‘qituvchimiz keyingi darsgacha shuni kattalardan so‘rab, bilib kelinglar, deb topshiriq berdi. Menga shu haqida gapirib bering.

    –   Yaxshi, aytib beraman. Sen avval kiyimlaringni almashtirib chiq.

    Kiyimlarini almashtirib chiqqan Azizbek bir ozdan so‘ng

    ...
  • Nega gazeta-jurnal o‘qimaysiz?

    Tumanimizdagi “Barkamol avlod” bola­lar maktabining “Jurnalistika va notiqlik” tо‘garagi о‘quvchisiman. Maktabimiz bir nech­ta gazeta va jurnallarga obuna bо‘lgan. Bosma ommaviy axborot vositalari  bilan muntazam tanishib boraman. Chunki bugunning eng ishonchli xabarlarini, tah­liliy, tarbiyaviy ma­qolalarni matbuot orqali kо‘rishimiz mumkin. “Yoshlik”, “Tong yulduzi”,

    ...
  • Xalqaro informatikadagi ilk g‘alaba

    Zamonaviy dav­­latni kompyu­ter texnologiyalarisiz ta­savvur qilib bo‘l­maydi. Elek­tronika dast­lab Yev­ro­pa­da ildiz ot­gan bo‘l­­sa, bu­gun­ga ke­lib yurtimizda ham ushbu soha sha­har-u qish­loqlar aro o‘z tomirini yoy­moqda. Ay­niq­sa, XXI asrning umid nihollari go‘daklikdanoq ra­qamli

    ...
  • Kitobni do‘st bilmaganlar

    Avtobusda ketyapman. Qo‘shimcha dars olish uchun yo‘lga chiqdim. Qo‘limda doimgidek ki­tob. Voqealar rivoji avj pallaga kirgan, undan sira ko‘z uzgim kelmaydi. Orada bir holat jig‘imga tegardi. Ba’zilarning ajab­tovur nigoh bilan boqishidan, “Nima, odam ko‘rmaganmi?”, deyman o‘zimga o‘zim. Shu payt bir yigit gap boshladi:

    — Nima qilyapsan?

    — Ko‘rmayapsizmi? Kitob

    ...
  • Halima Ahmedova

    Halima Ahmedova 1960-yil 1- okt­ya­brda Buxoro viloyati, Qiziltepa tumanidagi (hozirda Navoiy vilo­ya­tiga qarashli) Po‘lot qishlog‘ida tu­g‘il­di. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fa­kultetida (1978-1983), Moskvadagi Oliy adabiyot kursida (1988-1991) tahsil  oldi.

    Mehnat faoliyatini o‘qituv­chilikdan boshlab, Navoiy

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.