Evril Turonning “Oynur” asari
Go‘zal kunlar kelishini kutma, unga tomon borishni unutma.
***
Qilich o‘z-o‘zidan qilich bo‘lmaydi. Ustaning qo‘lida, bolg‘ada, o‘tda pishadi.
***
Odam Vatanidan ayrilganida, olisda, o‘zga yurtda yurganida, garchi u erkin dunyo bo‘lsa ham, yuragida mudrayotgan muqaddas tuyg‘u misli vulqondek lovullab uyg‘onadi.
***
Inson o‘z yurtini tugal bilishi kerak. U dunyoni ko‘rishi kerak. Bu odamga rohat beradi, uning aqlini qayraydi.
***
Qor olti qirrali yulduz shaklida yog‘adi – bu mo‘jiza.
***
Oqishdan to‘xtagan suv ko‘lmakka aylanadi.
***
Kuzatuvchan bo‘l, Evril, sergak bo‘l. Iloji boricha ko‘rganlaringni eslab qol, bo‘lajak yozuvchiga bu kerak bo‘ladi.
Mushtariybonu ESHPARDAYEVA,
Toshkent viloyati Chirchiq shahri 16-maktab 9-sinf