- Rukn: Sheʼrlar
- 948 marta ko‘rilgan
Bobom va buvim
Bobom nasihatidan
Dil uyim bo‘lar obod.
Duolari yo‘limni
Ravon etar umrbod.
Buvimning har qadami
Bizlar uchun chin ibrat,
“Odobli, chaqqon bo‘ling”,
Deya qilar nasihat.
Aziz nuroniylarning
Omon bo‘lsin boshlari,
Asrlar yuzin ko‘rib,
Yuzdan oshsin yoshlari!
Diloromxon G‘AYRATJONOVA,
Yakkasaroy tumani 118-maktab
7-sinf o‘quvchisi.