Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kapalak

Guldan gulga qo‘nasan,

Guldan bahra olasan,

Mo‘jizasan, go‘zalsan,

Ajib, nozik  kapalak.

 

Bir kun yashab dunyoda,

Tinim bilmay gulzorda,

Yo topdingmi chamandan

Izlaganing, kapalak?

 

Atirgul yaprog‘idek

Qanotlaring, kapalak.

Ikkimiz do‘st bo‘laylik –

Yo‘llaringga men halak.

 

Risolat ABDULLAYEVA,

Termiz davlat universiteti talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.