- Rukn: Sheʼrlar
- 494 marta ko‘rilgan
Onajon tilim
Ona tilim, ko‘nglim bulbuli,
Moziylardan jaranglab kelgan.
Gohi shodon, gohi qayg‘uli
Qo‘shiq bo‘lib yurakka singgan.
Har millatning o‘z tili bordir
Eshitganda dil yayraguchi.
Har insonning o‘z qo‘shig‘i bor
Bulbuldayin navo qilguvchi.
Ona tilim, Onajon tilim,
Men-ku hali mitti polapon.
Bor vujudim, ovozim bilan
Seni kuylab o‘tgum begumon.
Intizor TOSHTURDIYEVA,
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani 35-maktab 6-sinf