- Rukn: Sheʼrlar
- 453 marta ko‘rilgan
Qulf va kalit
Bir kun kalit maqtanib,
So‘z otdi qulfga qarab:
– Men bo‘lmasam o‘rtanib,
Yotarding yerda zanglab.
Kalit so‘zin qulf tinglab,
Javob berdi tezgina:
– Ko‘p maqtanmay ol anglab,
Mensiz sen ham hech nima.
Shuning uchun sen mening
Qilmagin bag‘rim yakson.
E’zozlayin men seni –
Bahra topsin har inson.
Meni asrab, har kishi
Olib yurar yonida.
Men orqali ko‘p ishi
Hal bo‘lar shu onida.
Men bo‘lmasam ayt, sendan
Nima foyda olishar?
Ishlamay qolsam birdan
Yerto‘laga otishar.
Qulfni tinglab kalitvoy
Biroz o‘yga tolibdi.
“Hamrohingsiz holing voy”,
Degan saboq olibdi.
Safar Abduvohidov,
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 10-maktab o‘qituvchisi