Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sifatlash

Qadim-qadim zamonda insonlar odam­larni, jonivorlar, narsalarni biror nom bilan ataganlarida goh mimika, goh so‘zda harakatni ko‘rsatganlar. Tasavvur qiling-chi, hozir ham so‘zlashuvda va adabiyotda sifat bo‘lmasa fikringizni to‘la ifodalab bera olarmidingiz? Yo‘q, albatta. O‘zingizni qanday his qilishingizni, ya’ni his-tuyg‘ularingizni bildirish qiyin bo‘lardi. Ya’ni, siz aytmoqchi bo‘lgan ma’lumot mensiz to‘liq bo‘lmasligi  aniq edi-da. Axir biz hammamiz tasviriy vositalarmiz va ular qatorida men ham. Obraz yaratishga xizmat qilganimiz holda ma’lumotni qabul qilishni osonlashtiramiz.  Siz biron voqea va hodisa haqida gapirib butun hayajoningizni, holatingizni bir so‘z bilan ifoda etishingiz mumkin. Bunda men sizlarga biron obyektning asosiy xususiyat va belgilarini aytib beraman. Men har xil darajada bo‘lishim mumkin.

Masalan, men qorong‘u deyishim mumkin, ammo qop-qorong‘u desam zim-ziyo ko‘chada hatto oy yorug‘i ham yo‘qligini tasavvur etasiz. Kuchli so‘ziga qarshi ojizlikni ko‘rsataman. Yozuvchilar esa meni ajoyib-ajoyib holda qo‘llashadi. Masalan, qorni parqu deyishlari mumkin. Men tasvirni go‘zal qilaman. Qarang-a! Tog‘larni mag‘rur deyishim, quyoshni saxiy deb atashim mumkin.

 

Kavsar TURDIYEVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.