- Rukn: Sheʼrlar
- 510 marta ko‘rilgan
Qishlog‘imda
To‘rt tomoning chamanzor,
Taralgaydir xush ifor,
Mehmondo‘st — ona diyor,
Baxtimizsan, Baxmalim.
Qizil olmali bog‘ing,
Shirin bug‘doy boshog‘ing,
Biram issiq quchog‘ing,
Baxtimizsan, Baxmalim.
Odamlaring samimiy,
Mehnatkash va mehrli,
Jannatmakon, sehrli —
Baxtimizsan, Baxmalim.
Farzandlaring sen uchun,
Ko‘rsatgaydir o‘z kuchin.
Yashnayvergin kundan kun,
Baxtimizsan, Baxmalim.
Parizoda O‘NGG‘AROVA,
Jizzax viloyati Baxmal tumani
75-maktab 9-sinf