- Rukn: Sheʼrlar
- 954 marta ko‘rilgan
Kitob bu – doʻstimiz
Kitob – yaqin do‘stimiz,
Dunyolarni tanitgan.
U bilan biz ustunmiz,
Dadil marraga yetgan.
Kitob – go‘yo bir chaman,
Ko‘ngillarni yashnatgay.
Ming yillardan keyin ham,
Yashar, qo‘llardan tushmay!
Nozimaxon Bahodirova,
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi
11-maktabning 7-sinf o‘quvchisi