- Rukn: Sheʼrlar
- 798 marta ko‘rilgan
Bahor kelmoqda
Deraza ortida shivir-shivirlab,
Ko‘klam shabadasi mayin yelmoqda.
Daraxtlar, maysalar sochini silab,
Qalbimni uyg‘otib, bahor kelmoqda.
Maydalab, zarralab yog‘moqda yomg‘ir,
Bahorning ranglari bag‘ishlar ilhom.
Tabiat mavjlanib, ko‘ngil uyg‘onib,
She’r yozgim kelyapti har lahza, har on.
Mubina RIXSIBOYEVA,
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi
157-maktabning 7-sinf o‘quvchisi