- Rukn: Sheʼrlar
- 620 marta ko‘rilgan
Ulugʻlar yodi
Vatan, deya jon berib,
Jondan kechganlar qancha.
Xazon yaprog‘i kabi,
Bevaqt so‘lganlar qancha.
Bu shukuhli onlarga
Yetolmasdan armon-la,
Mustaqillik faxrini
Tuymay ketganlar qancha.
Bobolarni yod etib,
Etaylik ruhlarin shod.
Ular qolar manguga
Xotirada umrbod.
O‘g‘iljon ABDULLAYEVA,
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi
9-maktabning 9-sinf o‘quvchisi