Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oftobim

Ilm berar har satring,

Har nedan shirin atring,

Noshudlar bilmas qadring,

Oftobimsan kitobim

Sen yo‘limda charog‘im.

Sen dunyoga eshiksan,

Ma’rifatga beshiksan,

Kitobxonga intiqsan,

Oftobimsan kitobim

Sen yo‘limda charog‘im.

Yuragimga oziqsan,

Jonsiz ammo sodiqsan,

O‘chmaydigan yoziqsan,

Oftobimsan kitobim

Sen yo‘limda charog‘im.

 

Nodira JO‘RAXOLOVA,

Surxondaryo viloyati Termez shahridagi

12-maktabning 5-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.