- Rukn: Sheʼrlar
- 539 marta ko‘rilgan
“Kitobxonlik klubi” a’zolarining she’riy mashqlari
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 296-maktabning “Kitobxonlik klubi” a’zolarining she’riy mashqlarini ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Ochil TOHIR taqdim etdi.
TILAK
Ijod yo‘lini tutdim
Niyatim ezgu.
Shoir Muhammad Yusuf
Men uchun ko‘zgu.
Taniqli ustoz kabi
Xalqimni suyib,
Ona yurtim taftini
Yurakdan tuyib
Nasib qilsa yozarman,
She’rlar-u doston
Chinakam shoir bo‘lish
Emasdir oson.
Tilagimga yetish-chun
Mehnat qilaman,
Kitoblarni o‘zimga
Ustoz bilaman.
Aziza YUSUPOVA,
7-“A” sinf o‘quvchisi
VATANIM
Jannatmakon vatanim
Olamda tanho diyor.
Sen ulug‘,mangu shonim,
Yashayman men baxtiyor.
Sayr etganda bag‘ringni
Dildan yayrab ketaman.
Ulug‘lab men mehringni
Senga she‘rlar bitaman.
Jasmina NORMURODOVA,
5-“V” sinf o‘quvchisi
QALBI QUYOSHIM
Mehri daryo ustozim
Qalbi quyoshim.
So‘zi dono
Ustoz – sirdoshim.
Yurak faxrim o‘zingiz,
Jonga oro so‘zingiz,
Qadrlaymiz sizni biz,
Sizdan mamnun o‘g‘il-qiz.
Sizga havas qilaman,
Men ham ustoz bo‘laman
Maktabim
Ta‘lim berar bizlarga,
Quvnoq o‘g‘il-qizlarga.
Nurli maskan maktabim,
Ilmga kon maktabim.
Maktabimiz sharafi,
A‘lochi o‘quvchilar.
Ortmoqda ular safi –
Ilmni uquvchilar.
Aziza ASADULLAYEVA,
7-“A” sinf o‘quvchisi
KAPALAGIM
Chiroyli kapalagim
Gullar aro o‘ynaydi.
Go‘yoki kamaligim,
Ko‘rsam ko‘zim quvnaydi.
Iymona TOYIROVA,
5-“A” sinf o‘quvchisi