- Rukn: Sheʼrlar
- 494 marta ko‘rilgan
Kitobning gazetaga xati
Bo‘lar edim har doim
Odamlarning qo‘lida.
Qatorlashib turardik,
Javonlarning to‘rida.
Endi esa ahvolim
Bo‘lib qoldi ko‘p xarob,
Bugungi kun bolasi
O‘qimay qo‘ydi kitob.
Ko‘rsam edi dunyoni
Mayli bo‘lsa, kandikda.
Do‘stim, aytsam joyimni,
Yashayapman sandiqda.
Shunday do‘stim – gazeta,
Menda ahvol ko‘p chatoq.
Xabarimni olsang, tez
Javob qaytargin, o‘rtoq.
“Do‘stim kitob, shukur qil,
Sandiqda ham boringga.
Lek qoyilman, bu uyg‘oq
Vijdoningga, oringga.
Shukr degin, birodar
Chegaradan hatlama.
Meni ko‘r, o‘qimasdan
O‘raydilar qatlama!
Muhammad Rasul MAMATQULOV,
Andijon viloyati Andijon tumani
10-maktab 11-sinf