- Rukn: Sheʼrlar
- 276 marta ko‘rilgan
Mitti bir malak
Qurtning ko‘rinishi chiroyli emas,
Ammo ko‘rkam bo‘lar kapalak bo‘lsa.
Istaydi, bir kunlik qisqa umrini
Gullar ichra uchib, go‘zalroq qilsa.
Hayotin oxiri quvonchli edi,
Zahmatli onlari bo‘ldi unut ham...
Endi udir ko‘kda uchib yurguvchi,
Bu dunyodan mamnun mitti bir sanam!
O‘ylashimcha, birgina jihati bilan
Odamga o‘xshaydi go‘yo kapalak.
Sabab, insonga ham mashaqqatdan so‘ng
Chiroyli yakun-u biroz baxt kerak.
Asli inson zoti keksalik uchun
Yillar mobaynida yig‘adi hurmat.
Keksayganda e’zoz, izzat ko‘rishi –
Butun bir umriga tatiydigan baxt!
Mashhura UMARALIYEVA,
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi
ijod maktabi, 11-sinf