- Rukn: Sheʼrlar
- 259 marta ko‘rilgan
Taʼtil
Yil bo‘yi seni kutdik,
Nihoyat senga yetdik.
Oromgohga ham bordik,
Mazza qilib, dam oldik.
Tog‘lar bag‘ri juda zo‘r,
Qo‘shiqlar aytamiz jo‘r.
Raqsni kanda qilmay,
Sportda tinim bilmay,
Vaqtimiz o‘tmas bekor,
Ijodga ham imkon bor.
Xullas, aytsam men sizga,
Ta’til zavqlidir bizga.
O‘g‘il-qizga birdek teng,
Oromgohning bag‘ri keng,
Har kunimiz o‘tdi soz,
Uyni sog‘indik biroz.
Dilnura QURONBOYEVA,
Xorazm viloyati Gurlan tumani
42-maktab 7-sinf